05 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,2 °C

Transport
2 Dekabr  2019 282

12 ta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgardi

Xabaringiz bor, Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichini qurish ishlari doirasida yer osti o‘tish yo‘li barpo etilmoqda.

Shu munosabati bilan qurilish davom etayotgan hududdagi Ahmad Donish ko‘chasining Yangi shahar ko‘chasi kesishmasi orasidagi (Yunusobod bozori yonida) 3 tomonlama harakatlanish yo‘li hamda Ahmad Donish ko‘chasining (“Uch baqaloq” kafesidan) Yunus ota ko‘chalari kesishmasi orasidagi yo‘llar 2019-yil 12-dekabrga qadar vaqtincha yopiladi, deb xabar qiladi “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati.

Mazkur hududlardan o‘tuvchi 5, 52, 60, 72, 82, 91, 96, 97, 140, 149, 152, 190-sonli yo‘nalishlardagi avtobuslarning harakat yo‘li vaqtincha yo‘lovchilarga qulay  va havfsiz bo‘lgan yondosh ko‘chalar orqali o‘tkaziladi.

Yo‘nalishlarning o‘zgartirilishi munosabati bilan harakat havfsizligi va yo‘lovchilar tashish qoidalariga qat'iy rioya etish yuzasidan haydovchi va chiptachilar o‘rtasida navbatdan tashqari yo‘riqnomalar o‘tkazilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech