18 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,6 °C

Kеyingi avlod
21 Sentyabr  2019 454

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida AQShlik professor dars beradi

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida Amerika Qo‘shma Shtatlari elchixonasi bilan hamkorlikda brifing o‘tkazildi. Brifingda institut rahbar va xodimlari, professor-o‘qituvchi va talabalar, O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi vakillari ishtirok etdi. Marosimning asosiy maqsadi “Mutaxassislar uchun Fulbrayt dasturi (Fulbright Specialist Program (FSP)” va Fulbright muhandislik loyihasi nomzodi, falsafa doktori Samanta Chadvik bilan tanishtirishga qaratildi.

 

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasining madaniy ishlar va ta'lim masalalari bo‘yicha maslahatchisi Djoanna Kramb hozirgi davrga qadar O‘zbekiston ta'lim tizimi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar haqida so‘zladi va yig‘ilganlarni institutda tashkil etilayotgan qisqa muddatli o‘quv dasturidan ko‘zlangan maqsad bilan tanishtirdi. AQSh Davlat departamenti tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan almashuv loyihalari, jumladan “Fulbrayt Dasturi”dagi faol ishtiroki uchun Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti rahbariyatiga va hususan “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi mudiri M.M.Agzamova va kafedra assistenti D.R.Umarovalarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida tashkil etiladigan qisqa muddatli (16-sentyabr – 19-oktyabr) “Fulbrayt Dasturi”ning “Transport logistik menejment” xalqaro loyihasi o‘quv dasturi yuzasidan institut faollari o‘z munosabatlarini bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech