27 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -0,9 °C

Ta'lim
16 Yanvar  2020 494

BAA kompaniyasi O‘zbekiston OTMlarining xalqaro reytinglarga kirishi uchun ko‘maklashadi

Toshkent davlat texnika universitetidagi O‘zbek-Yapon yoshlar innovatsiya markazida Oliy va o‘rta maxcus ta'lim vazirligi hamda Birlashgan Arab Amirliklarining «Shbeemann» xorijiy konsalting kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalarini xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar reyting ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Jahon banki ko‘magida imzolangan shartnomaga ko‘ra, kompaniya 3 yil davomida O‘zbekistondagi 10 ta oliy ta'lim muassasasining xalqaro e'tirof etilgan reytinglarda kuchli 1 000 talikka kirishi uchun metodik ko‘makni amalga oshiradi.

— Davlatimiz rahbari tomonidan bizga ta'lim sifatini xalqaro darajaga olib chiqish vazifasi belgilangan, — deydi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov. — Biz bunga faqat universitetlarni xalqaro reytinglarga kiritish orqaligina erishishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida O‘zMU va SamDU dunyoning eng kuchli universitetlari reytingida kuchli 500 talikka kirishi lozimligi belgilangandi. Hozircha «Shbeemann» kompaniyasi O‘zbekistondagi 10 ta OTMning QS va Times Higher Education xalqaro reytinglarining kuchli 1000 taligiga kirishlari uchun metodik yordam ko‘rsatadi.

Kompaniya ko‘p yillik tajribaga ega va dunyoning bir necha mamlakatlari bilan hamkorlik qiladi. Biz ular bilan O‘zbekiston universitetlarini dunyoning kuchli 100 taligiga kirishi bo‘yicha hamkorlik qilamiz. Adashmadim, 1 000 talik emas, aynan 100 taligiga kirishiga harakat qilamiz.

Qayd etish lozim, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti mustaqil O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba 2020-yil uchun QSning Sharqiy yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari universitetlari reytingida qayd etilgani  haqida xabar qilgandik.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech