17 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,4 °C

Sport
2 Oktyabr  2019 915

Bahodir Jalolovga Toshkent shahardan uy sovg‘a qilindi

9-21-sentabr kunlari Rossiyaning yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionatining eng yaxshi sportchisi deb topilgan Bahodir Jalolovni Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjaev samimiy qutladi, deb xabar qiladi hokimlik matbuot xizmati.

Uning chempionatda erishgan g‘alabasi, sportdagi yutuqlari e'tirof etilib, Prezident sovg‘asi – Toshkent shahri Qori Niyoziy ko‘chasida joylashgan uy-joylardan biri – tantanali ravishda topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, yigirmanchi marta o‘tkazilgan boks musobaqasida dunyoning 78 mamlakatidan 400ga yaqin bokschi ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 3ta oltin, 1ta kumush va 1ta bronza medallarini jamg‘arib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech