06 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,6 °C

Xalqaro munosabatlar
15 Yanvar  2019 4743

Germaniya poytaxtida biznes-uchrashuv

Berlin shahrida o‘zbek-german biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda GFR hukumatining iqtisodiy blok vakillari va mamlakatning boshqa rasmiylari hamda xalqaro moliyaviy tuzilmalar vakillari ishtirok etishdi. Respublikamiz delegatsiyasiga Bosh vazir o‘rinbosari - Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Suhrob Xolmurodov rahbarlik qildi.

Tadbirda Germaniyaning 234 kompaniyasi va banklaridan 300 ziyod vakillar ishtirok etdi, deya xabar beradi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Uchrashuv yakunida neftgaz sektori, neftkimyo va energetika, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasi va mehmonxonalar qurish bo‘yicha kompaniyalar bilan 4 milliard dollardan ziyod loyihalarni amalga oshirish borasidagi shartnomalar imzolandi.

Tijorat banklari tomonidan respublikaning xususiy tadbirkorlari ishtirokidagi kredit liniyalari hisobiga hamda Germaniyaning yetakchi texnologiyalar va uskunalar yetkazib beruvchilarini jalb etgan holda jami 557 million dollarlik aniq loyihalarni amalga oshirish haqidagi kelishuvlarga erishilgan.

Forum doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan energetika va Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida maishiy chiqindilarni qayta ishlash sohasida ham umumiy qiymati 516 million dollarlik kelishuvlar imzolandi.

O‘z axborotimiz.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech