18 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,4 °C

Agrosеktor
15 Yanvar  2020 424

Mexanizatsiyalashtirishga keng yo‘l

2020-yil 14-yanvarda “Respublika hududlarida paxta hosili terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘rsida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Ushbu hujjatga muvofiq paxta terimi mexanizatsiyalash darajasini oshirish birinchi bosqichda (2020-2022-yillar) Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida;

ikkinchi bosqichda (2023-2026-yillar) respublikaning boshqa barcha hududlarida amalga oshiriladi. 

Moliya vazirligi tomonidan 2020-yilda Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi paxta terish ishlarida paxta terish mashinalaridan foydalanish xarajatlarining 30 foizini qoplab berish tartibi saqlanib qolinadi.

Qaror bilan 2020-2026-yillarda paxta terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish va paxta terish mashinalarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari rejasi ma’qullangan.

Shuningdek, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tizimidagi tashkilotlarga istisno tariqasida:

- tenderlar o‘tkazmasdan turib, eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlar, xomashyo materiallari sotib olishga, transport xizmatlari va boshqa xizmatlar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shatrnomalar tuzishga;

- butlovchi qismlar, xomashyo va metariallarni import qilishda, tovarlar erkin muomala (olib kirish)ga chiqarishning bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab QQS to‘lashni 270 kun kechiktirib amalga oshirishga ruxsat berilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech