20 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,2 °C

Sport
15 Oktyabr  2019 454

Bugun Milliy terma jamoamiz Singapurga qarshi maydonga tushadi

Futbol muxlislariga yaxshi ma'lum, bugun JCh-2022 saralashi 2-bosqich doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi mehmonda singapurlik futbolchilar bilan bahs olib boradi.

Vadim Abramov boshchiligidagi bosh jamoamiz o‘tgan turda Yaman terma jamoasi ustidan (5:0) ishonchli g‘alabaga erishib, guruhdagi o‘rnini ancha yaxshilab olgandi. Futbolchilarimiz bugun ham g‘alaba qozonsa guruhda yanada yuqoriroq o‘ringa ko‘tariladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:45 da Singapurdagi “Milliy stadion”da boshlanadi. O‘yin “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatilishi rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech