12 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8 °C

Energetika
4 Dekabr  2019 1190

Buxoroda gaz quvuriga noqonuniy ulanish holati aniqlandi

3-dekabr kuni «NaturalGas-Stream» MChJ QK “Chandir” koni xizmati xodimlari tomonidan Buxoro viloyati hududida joylashgan «Chandir» - «Janubiy Kemachi» 57 kilometrli gaz quvuri liniyasini ko‘rikdan o‘tkazish davomida ushbu gaz quvurining 9,2 km da noqonuniy ravishda gaz kondensatini olish bo‘yicha ulanish fakti aniqlandi, deb xabar qiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Ko‘rik davomida 32 mm diametrli va uzunligi 250 metr bo‘lgan polietilen shlang yer yuzasidan 20-50 sm. chuqurlikka ko‘mib qo‘yilgani ma'lum bo‘lgan.

Natijada, «NaturalGas-Stream» MChJ QK rahbariyati darhol «Novmitan» qo‘rg‘oni militsiya tayanch punktining uchastka noziriga murojaat qilgan. Gaz quvuriga noqonuniy ulanish fakti rasmiylashtirilib, amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish uchun mazkur ishga aloqador shaxslarni aniqlash ishlari olib borilmoqda. 

«NaturalGas-Stream» MChJ QK rahbariyati avval ham VIIB ga mazkur gaz quvuriga shu kabi noqonuniy ulanishlar holatlari bo‘yicha murojaat qilgan. Bunday holat 2017-yildan buyon to‘rtinchi bor takrorlanmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech