17 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,4 °C

Moliya
16 Avgust  2019 766

I yarim yillikda byudjet tashkilotlari tomonidan qancha mablag‘ noqonuniy sarflandi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan joriy yilning I yarim yilligida olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida ayrim byudjet muassasalari tomonidan byudjet mablag‘larini sarflanishida tizimli ravishda byudjet qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlandi, deb xabar beradi Moliya vazirligi matbuot xizmati.

Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi umumta'lim maktablarida haqiqatda ishga kelmagan va xizmat vazifasini bajarmagan xodimlarga yoki umuman ishlamaydigan fuqarolar nomiga ish haqi hisoblanishi, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini, shuningdek, mehnat ta'tili, mukofot va moddiy yordam mablag‘larining asossiz hisoblanishi va to‘lanishi natijasida jami 812,4 million so‘m byudjet mablag‘larini noqonuniy sarflanishiga yo‘l qo‘yilgan.

Bundan tashqari, Bog‘dod tumanidagi 50-sonli umumta'lim maktabida pudratchi “Farg‘ona sayqal servis” xususiy korxonasi tomonidan “Obod qishloq” dasturi doirasida bajarilgan ta'mirlash ishlari joyida nazorat o‘lchovidan o‘tkazilib, moliyalashtirish uchun taqdim etilgan hisob faktura ma'lumotlari bilan xaqiqatda bajarilgan ishlar solishtirilganda 129,9 mln.so‘mlik bajarilmagan ish hajmlari qo‘shib yozilganligi ma'lum bo‘ldi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimida.

Sh.Rashidov tumanidagi 9-son maktabgacha ta'lim muassasasida haqiqatda ishlamagan 31 nafar fuqarolarga ish haqi hisoblash yo‘li bilan 955,5 mln. so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘lari o‘zlashtirilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Shuningdek, Buxoro shahar 46-son maktabgacha ta'lim muassasasida haqiqatda ishga kelmagan va xizmat vazifasini bajarmagan 8 nafar xodimlarga 88,4 mln. so‘mlik ish haqi to‘lovlari ortiqcha hisoblanib, asossiz to‘lab yuborilgan.

Uychi tumanidagi 11-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi mudirasi tomonidan 23 nafar xodimga 21,5 mln. so‘m avans pullari yozilib, ushbu mablag‘ xodimlarga tarqatilmasdan o‘zlashtirilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida.

Sirdaryo viloyat Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bosh hisobchi va g‘aznachi tomonidan pullik xizmat hisobidan kirim qilingan 231,5 mln. so‘m naqd pul mablag‘larini to‘lov qaydnomalarni qalbakilashtirilgan yo‘l bilan o‘zlashtirib yuborilgan.

Toshkent tuman tibbiyot birlashmasida avans to‘lovlarini ish haqidan ushlamaslik, ortiqcha mukofot pullarining hisoblanishi va shifokorlar tomonidan bajarilmagan ish uchun ish haqi hisoblanishi natijasida 148,2 mln. so‘m byudjet mablag‘i asossiz sarflangan.

Shuningdek, Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasida 119,8 mln. so‘m,  Mirobod tuman tibbiyot birlashmasida 87,1 mln. so‘m ortiqcha to‘lovlarga yo‘l qo‘yilgan. Uchqo‘rg‘on tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazida 75,6 mln. so‘m,  Farg‘ona shahar Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazida 29 mln. so‘m miqdoridagi mablag‘lar muassasa hisob-raqamiga kirim qilinmagan.

Tuman (shahar) Obodonlashtirish boshqarmalarida ham xuddi shunday holatlar kuzatilgan.

Jumladan, Kattaqo‘rg‘on tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bosh hisobchisi tomonidan 373,5 mln. so‘m byudjet mablag‘ini o‘zining va 2 nafar qabriston nazoratchilarining plastik kartochkasiga asossiz o‘tkazib yuborilgan.

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasida 297,3 mln. so‘mlik asosiy vositalar va tovar moddiy boyliklar kamomadiga yo‘l qo‘yilgan.

Nishon tumanida 88,4 mln. so‘m bajarilmagan ishlarga qo‘shib yozilgan.

Urganch tuman obodonlashtirish boshqarmasida 51,1 mln. so‘m byudjet mablag‘lari xodimlarga ortiqcha to‘langan. “Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risida nizom” talablariga rioya qilinmasdan 2018-yilda xarid qilingan 37,4 mln. so‘mlik asosiy vositalar hisobdan chiqarib yuborilgan.

Yangier shahar obodonlashtirish boshqarmasida 37,3 mln. so‘m ustama pullari ortiqcha to‘langan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech