13 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5 °C

Xalqaro munosabatlar
17 Yanvar  2019 1687

Kengash ish boshladi, hamkorlik tobora rivojlanmoqda

Hindistonning Gujarot shtatidagi Ahmadobod shahrida bugun, 17-yanvar kuni O‘zbek-Hind ishchi kengashining birinchi yig‘ilishida hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Unda Hindistonning yirik kompaniyalari rahbarlari, shuningdek, yurtimiz vazirliklari va mahkamalari vakillari ishtirok etadi.

Kengash ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish maqsadida tuzilgan. Kengash potensial investitsion loyihalarni muhokama qilish va amalga oshirishga poydevor bo‘lishi, tovar aylanmasining o‘sishiga, shuningdek, transport aloqalarini rivojlantirish va O‘zbekiston hamda Hindiston o‘rtasida tranzit yo‘laklarni kengaytirish uchun sharoitlar yaratishga xizmat qilishi lozim.

Hindiston sanoat konfederatsiyasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida O‘zbek-Hind ishchi kengashini barpo etish bo‘yicha kelishuv 2018-yilning sentabr oyida imzolangan, shu yilning 24-dekabrida milliy kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga zamonaviy malaka hamda tajribalarni tatbiq etish uchun SSP huzurida Tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbek-Hind markazi tashkil etildi.

O‘z axborotimiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech