12 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,4 °C

Transport
2 Dekabr  2019 505

Yangi mobil ilova avtobus va yo‘nalishli taksilarni real vaqt tartibida ko‘rsatadi

2GIS Toshkent shahar boshqarmasi va “Toshshahartransxizmat” AJ bilan birgalikda 2GIS mobil ilovasini ishga tushirdi. Ushbu mobil ilova Toshkent avtobus va yo‘nalishli taksi vositalari qaerda ekanligini real vaqt tartibida ko‘rsatadi, deb xabar qiladi “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati.

Endi kerakli avtobus qaerdaligini ko‘rish, hozirgina ketib qolgan yo‘nalishli taksi vositasiga muqobil transport vositasini topish yoki manzilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri eltib qo‘yadigan transport vositasini kutib turish mumkin bo‘ladi.

Bekat belgisini bossangiz, avtobuslar xaritada paydo bo‘ladi. Boshqa yo‘li izlash chizig‘ida ma'lum bir yo‘nalish raqamini kiritishdan iborat. Xaritada hozirda yo‘nalishda bo‘lgan avtobuslar ko‘rinadi hamda A nuqtasidan B nuqtasiga yo‘nalish tuzishda transport vositalari chiqib keladi. Shu tariqa bekatga qachon chiqish kerakligini aniqlab olish ancha osonlashadi.

Ushbu imkoniyatlar faqat onlayn ishlashi sababli, smartfon internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishi muhim. 

Ma'lumotlar avtobuslar va yo‘nalishli taksilar bo‘yicha GPS-ma'lumotlar yetkazib beruvchilaridan sun'iy yo‘ldosh orqali yetkazilib, minimal vaqt ichida yangilanib boradi. Agar avtobus tirbandlikda ushlanib qolsa yoki yo‘nalishdan cheklansa, o‘zgarishlar 30 soniya ichida ilovada ko‘rinadi.

2GIS xaritasida jamoat transporti haqida ma'lumot Toshkentdan tashqari Rossiya va Qozog‘iston shaharlarida paydo bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech