09 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Madaniyat
4 Iyul  2019 1406

Ko‘zoynakli sehrgar bola haqida endi serial

«We Got This Covered» nashri manbalariga ko‘ra, «Warner» studiyasi «Garri Potter» deb nomlangan serial ustida ish boshlagan. Loyiha endigina boshlangan va shu bois tafsilotlar juda kam. «Warner» kompaniyasi esa ushbu ma'lumotni hali rasman tasdiqlamagan.

Manbalarga ko‘ra, voqyealar rivoji asl hikoya harakatlaridan bir necha o‘n yillar oldin sodir bo‘lgan hodisalarga bag‘ishlangan. Anglaganingizdek, serial diqqat markazida Xogvartsda o‘qidigan va ishlaydigan mutlaqo yangi qahramonlar bo‘ladi.

«Kinopoisk»ning qayd etishicha, «Garri Potter» seriali «Warner» studiyasi uchun mantiqiy harakat hisoblanadi. Negaki, ushbu qahramon haqidagi filmlar unga mashhurlik keltirdi va kompaniya tarixidagi eng muvaffaqiyatli voqyealardan biriga aylandi. Bundan tashqari, yaqin kelajakda «WarnerMedia» strim-xizmati ishga tushiriladi, buning uchun Garri Potter haqidagi serial juda muvaffaqiyatli loyiha bo‘lishi mumkin.

Original hikoyadan oldin kechgan ko‘pgina voqyealar «Sirli maxluqlar va ular qayerda yashaydi» filmlarida ham tilga olingan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech