13 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7 °C

Energetika
4 Dekabr  2019 392

Gaz to‘ldirish shaxobchalar gaz ta'minoti korxonasiga 30,4 mlrd sumlik zarar yetkazdi

22-noyabrdan 1-dekabrgacha O‘zneftgazinspeksiya, Majburiy ijro byurosi hamda “Hududgazta'minot” AJ xodimlari va “O‘zstandart” agentligi mutaxassislari tomonidan Respublikada joylashgan 72 ta Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobcha (AGTKSh)larda tabiiy gazni qabul qilish holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra 16 ta korxonalar tomonidan gaz hisoblash uskunasiga (Avtopilot va Avtopilot pro) tashqi ta'sir ko‘rsatilganligi natijasida Gaz ta'minoti korxonasiga jami 30 mlrd. 441 mln. so‘m zarar keltirilganligi aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Misol uchun:

Yangiyo‘l tumanida joylashgan “Yuksak samara metan gaz” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko‘rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 1 267,2 ming metr kub (1 mlrd. 267 mln. so‘m) qayta hisob-kitob qilindi.

“Ravnak gaz metan servis” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko‘rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 979,2 ming metr kub (979 mln 200 ming so‘m) qayta hisob-kitob qilindi.

“Xamkor gaz servis” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko‘rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 1 008,0 ming metr kub (1 mlrd. 8 mln. so‘m) qayta hisob-kitob qilindi.

Bekobod shahrida joylashgan “Pegas petrolium gaz” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko‘rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 1 478,4 ming metr kub (1 mlrd. 478,4 mln. so‘m) qayta hisob-kitob qilindi.

Angren shahrida joylashgan “Yangiyo`l metan gaz” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko‘rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 3 564,0 ming metr kub (3 mlrd. 546 mln. so‘m) qayta hisob-kitob qilindi.

Ohangaron tumanida joylashgan “Optima gaz servis” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko‘rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 1 008,0 ming metr kub (1 mlrd. 8,0 mln. so‘m) qayta hisob-kitob qilindi.

Yuqori chirchiq tumanida joylashgan “Oqqo‘rg‘on eko gaz” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko‘rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 604,8 ming metr kub (604,8 mln. so‘m) qayta hisob-kitob qilindi.

O‘rtachirchiq tumanida joylashgan “To‘ytepa voxa gaz” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko‘rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 756,0 ming metr kub (756,0 mln. so‘m) qayta hisob-kitob qilindi.

Sirdaryo tumanida joylashgan “Ziyo nur metan” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko‘rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 11 844 ming metr kub (11 mlrd. 844. mln so‘m) qayta hisob-kitob qilindi.

Yuqorida ko‘rsatilgan barcha korxonalarda aniqlangan holatlar yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi mutaxassislari tomonidan tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech