23 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,9 °C

Ta'lim
23 Yanvar  2020 446

Har chorakda “O‘quvchi” reydi o‘tkazilmoqda

Voyaga yetmaganlarning nazoratsiz qolishi, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, dars jarayonida o‘qishga bormasdan bemaqsad yurgan, tungi vaqtlarda internet-kafe va ko‘ngilochar maskanlarda vaqt o‘tkazayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlash va ularni o‘qishga qaytarish maqsadida joylarda har chorakda “O‘quvchi” profilaktik reydini o‘tkazish belgilangan.

Ayni paytda viloyatning tuman va shaharlarida xalq ta’limi bo‘limlari, huquq-tartibot organli, yoshlar ittifoqi va boshqa jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlikda ana shunday profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Reyd Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan yo‘riqnoma asosida ta’lim muassasalarida, bozor, internet-klublarda, jamoat transportlari va boshqa joylarda tashkil etilmoqda.

Shu o‘rinda bolalarni tarbiyalash, ularning ta’lim-tarbiya olishida pedagog xodimlar bilan birgalikda ota-onalarning majburiyatlarini eslatib o‘tish joiz. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining “Ota-onalar yoki qonuniy vakillarning vazifalari”ga oid 30-moddasida “Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishlari uchun javobgardirlar”, deb belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasiga muvofiq, “Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.” Bundan tashqari, ushbu moddada bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.

“O‘quvchi” reydi davomida aniqlangan holatlar yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi, deya xabar qiladi Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech