13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,2 °C

Mamlakatimizda
7 Noyabr  2019 370

Hisobchilar uchun yangi dasturni o‘rgatishga qaratilgan seminar tashkil etiladi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan.

 

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan boshlab barcha xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar uchun hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritish tizimi majburiy tartibda joriy etilmoqda. Albatta bunda xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar hisobchilarida yetarlicha bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish talab etiladi.

Shuni inobatga olgan holda Davlat soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda yuridik shaxslarning hisobchilarini yurtimiz dasturchilari tomonidan ishlab chiqilgan Didox dasturida ishlashni o‘rgatish maqsadida bepul seminarlar tashkil qilinmoqda.

Seminar 8-noyabr kuni soat 10:00da Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasining majlislar zalida bulib o‘tadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech