18 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,8 °C

Yashil sayyora
5 Noyabr  2019 359

Hokimlik “Abdulla Qodiriy majmuasi” bo‘yicha ma'lumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Abdulla Qodiriy majmuasi” bilan bog‘liq xabarlar tarqalgan edi. Toshkent shahar hokimligi  hukumat qaroriga asosan hokimlik tomonidan “Abdulla Qodiriy majmuasi”da amalga oshirilayotgan loyiha va bunyodkorlik ishlari bo‘yicha ma'lumot berdi.

Hokimlik xabarida keltirilishicha, majmua amalga oshirilayotgan loyihaga ko‘ra, Abdulla Qodiriy bog‘i hududida Qodiriy nomidagi ijod maktabi va zamonaviy kutubxona barpo etiladi, adibning haykali o‘rnatiladi, shuningdek, adib yashagan xonadon va uning atrofida ham hozirda rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan bo‘lib, bu joyda Abdulla Qodiriy uy-muzeyi tashkil etiladi.

Sanab o‘tilgan ishlarni amalga oshirish uchun 60 mlrd. so‘mdan ziyod  mablag‘ talab etiladi, jumladan, uy-muzey uchun – 12 mlrd.so‘m, maktab va haykal uchun – 40 mlrd.so‘m, hudud atrofidagi xonadonlarni ko‘chirishga kompensatsiya uchun – 10 mlrd.so‘m ko‘zda tutilgan.

Abdulla Qodiriy nomini abadiylashtirish, uning nomidagi majmua va uy muzeyini zamonaviy talablar va milliy an'analar asosida barpo etishga qaratilgan loyihani amalga oshirish natijasida hozirda deyarli e'tibordan chetda qolgan hududda “Abdulla Qodiriy majmuasi” timsolida etno bog‘ va etno shaharcha barpo etiladi.

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun davlat byudjetidan mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilmagan.

Loyihaga ko‘ra, bog‘ning bir qismida Abdulla Qodiriy yashagan davr ruhi aks etgan etno shaharcha tashkil qilinadi. Qolgan qismi esa rejalashtirilgan bunyodkorlik va yuqori sifatda obodonlashtirish uchun bino va mehmonxona barpo etish maqsadida investorlarga investitsion shartlar bilan taklif etilmoqda.

Ushbu shart orqali kelib tushgan mablag‘lar yuqorida ko‘rsatilgan kutubxona, maktab, haykal, uy-muzeyini qurish, yuqori sifatdagi obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish va ko‘chirilayotgan xonadonlar uchun  kompensatsiya  to‘lash maqsadlarida sarflanadi.

Natijada ma'lum muddat e'tiborsiz qolgan, o‘z jozibadorligini yo‘qotgan bog‘, “sevishganlarning” kechki uchrashuv joyi va jinoyat yaratilishiga qulay bo‘lib qolgan xilvat hudud tez orada ko‘rkam, jozibador, yorug‘ va obod maskanga aylanadi.

Bog‘ infratuzilmasi tubdan yangilanadi, majmuada mingga yaqin ish o‘rinlari yaratiladi. Milliy qiyofadagi, zamonaviy shart-sharoitlarga ega, bir qarashda o‘tmishimizni yodga soluvchi, shuningdek, o‘z jozibasi bilan nafaqat yurtimiz fuqarolarini, balki chet ellik sayyohlarni keng jalb etuvchi etno shaharcha – istirohat bog‘iga aylantiriladi.

Yuqorida aytilgan rekonstruksiya loyihasi va rejalar Toshkent shahar hokimligi tomonidan keng jamoatchilik e'tiboriga havola etilgan, deyiladi hokimlik ma'lumotida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech