08 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,8 °C

Mamlakatimizda
18 Noyabr  2019 2066

Hafta oxirida yurtimizda sovuq ob-havo va yog‘ingarchilik kutilmoqda

O‘zgidrometning xabar berishicha, 21-24-noyabrda O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi orqali Rossiyaning yevropa hududi markaziy rayonlari (Moskva oblasti) ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi.

21-24-noyabrda O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, ayrim joylarda qorga aylanadi).

21-noyabrda shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrga yetadi.

22-24-noyabrda respublika hududi  bo‘yicha havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, ayrim joylarda 8 daraja sovuqqacha tushadi,  kunduzi harorat 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Mamlakatimiz shimolida 21-24-noyabrda havo harorati kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech