18 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,4 °C

Ta'lim
14 Yanvar  2020 486

A’lochilar uchun yaxshi yangilik

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Facebook dagi o‘z sahifasida O‘zbekistonda stipendiya miqdori talabalarning o‘zlashtirishiga bog‘liq bo‘lishi haqida yozgan.

Portal pv.uz/«Pravda Vostoka»/ 14-yanvar. Uning keltirilishicha, Respublika hukumati tomonidan talabalarga stipendiya to‘lashning avvalgi tizimini qaytaradigan loyiha tayyorlanmoqda:

«Bugun bosh vazir o‘rinbosari A. Abduhakimov bilan hukumatning talabalar uchun stipendiyalarni aniqlash bo‘yicha loyihasini muhokama qildik. Qayd etilishicha, mazkur farmon qabul qilinishi bilan besh bahoga o‘qiyotgan va faol talabalar oshirilgan, to‘rt va uch bahoga o‘qiyotganlari - mos miqdordagi stipendiyani oladilar.

Har kim o‘z intilishi va izlanishiga mos stipendiya oladi. Hujjatning yaqin kelajakda qabul qilinishi kutilmoqda», deb yozadi deputat.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech