05 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,2 °C

Xavfsizlik
4 Dekabr  2019 242

IIBB xodimlari chet davlatda yashirinib yurgan gumonlanuvchini qo‘lga oldi

Toshkent shahar IIBB xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi hamkasblari bilan hamkorlikda chet davlat hududida yashirinib yurgan gumonlanuvchini qo‘lga olishdi, deb xabar qiladi IIBB matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) va 127 moddasida (“Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish”) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanuvchi va Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan qidiruvga e'lon qilingan 23 yoshli Sardor I.ni Ukraina hududida qo‘lga olgan.

Sardor I.ning tergovda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishini ta'minlash uchun Toshkentga etap qildirilgan va sud unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llagan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech