
Transport
2
Dekabr 2019
384
“Jarquduq – Dexqonobod” temir yo‘l oralig‘ida poezdlar harakati tiklandi
Bugun, 2-dekabr kuni “Jarquduq – Dexqonobod” temir yo‘l oralig‘ida yuk poezdida yuz bergan nosozlik tufayli poezd to‘xtab qolgan, deb xabar qiladi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.
Bu holat “Toshkent – Termez” hamda “Toshkent – Saraosiyo” poezlaridining harakat jadvaliga ta'sir ko‘rsatgan.
Yo‘lovchilarni o‘z manzillariga yetkazish borasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mutaxassislari tomonidan o‘z vaqtida chora ko‘rilgan va yo‘lovchilarning barchasi avtobuslarda belgilangan joyga yetkazilgan.
Hozirgi vaqda poezdlar qatnovi tiklandi, deyiladi xabarda.