15 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20 °C

Mamlakatimizda
15 Sentyabr  2019 3419

Kontrakt uchun talaba krediti olish tartibini bilasizmi?

Banklar tomonidan oliy ta'lim muassasalarining kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarning o‘qishi uchun ularning o‘zlariga, ota-onalari yoki vasiylariga ta'lim kreditlari berilishi mumkin.

Ta'lim kreditlari talabalar uchun bakalavriatga o‘qishga qabul qilinganda 10 yilgacha va magistraturaga o‘qishga qabul qilinganda 5 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.

Banklar tomonidan berilgan ta'lim kreditlari bo‘yicha:

- chin yetimlar, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga – nol foiz stavkasi (foizsiz kredit);

- talabalarning qolgan toifalariga – Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan foiz stavkalari belgilanadi.

Ta'lim krediti uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • ariza;
  • to‘lov-kontrakt shartnomasi (kontrakt);
  • kreditni qaytarishning ta'minlanishi to‘g‘risida hujjat;
  • imtiyozli ta'lim kreditlari olish huquqiga ega bo‘lgan chin yetimlar, «Mehribonlik uylari»da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari, kam ta'minlangan oilalardan chiqqanlar tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.

Qarz oluvchi yuqoridagi hujjatlarni bankka taqdim etish bilan ayni bir vaqtda pasportini shaxsan ko‘rsatadi. Bank pasportdan va taqdim etilgan boshqa hujjatlardan zarur ko‘chirmalar va nusxalar olishga haqlidir.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech