07 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,1 °C

Mamlakatimizda
22 Noyabr  2019 4210

Sinoptiklar qishning qanday boshlanishini prognoz qildi

Harorat ko‘rsatkichlari bo‘yicha bu yilgi sentyabr, oktyabr oylari asosan iliqroq, ayrim joylarda me'yordan iliqroq, noyabr oyida esa odatdagidan sovuq bo‘ldi. Bu haqda O‘zgidromet matbuot xizmati ma'lum qiladi.

Kechadan boshlab havo keskin o‘zgardi. Respublika hududining katta qismida, shimoliy tumanlardan tashqari, yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylandi. Tog‘li hududlarda bu yilgi mavsumdagi birinchi qor qoplami hosil bo‘ldi.

Havo harorati kechasi 0-3 daraja sovuq, kunduzi 0-3 daraja iliqqacha pasaydi.

Mamlakatimizning shimoli — Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati va Navoiy viloyatining shimolida tungi harorat 12-15 daraja sovuqqacha, kunduzi 2-7 daraja sovuqqacha tushib ketdi.

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab bulutli ob-havo saqlanib turadi. Shimoliy hududlardan tashqari boshqa joylarda yog‘ingarchilik, ko‘proq qor yog‘ishi kutiloqda. Harorat sezilarli o‘zgarmaydi.

Dushanba kunidan boshlab yog‘ingarchiliklar to‘xtaydi. Lekin haftanning oxirigacha sovuq havo saqlanib turadi. Kechasi va ertalabki soatlarda 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Hozircha faqat dekabr oyi to‘g‘risida gapirish mumkin. O‘zgidromet jahonning yetakchi ob-havo markazlari ma'lumotlariga tayanib berayotgan baholariga ko‘ra, dekabr o‘rtacha nam va harorat bo‘yicha me'yorlarga yaqin bo‘ladi. Oy davomida harorat kechasi 2-7 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha, kunduzi 10-15 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

Yanvar va fevral to‘g‘risida gapirishga hali erta. Faqat O‘rta Osiyo qishlarining iqlimiy xususiyatlari to‘g‘risida gapirish mumkin.

Odatda O‘zbekistonda qishlar qisqa va kam qorli bo‘ladi. Bu yerda qish faslining o‘ziga xos xususiyati — haroratining keskin o‘zgarib turishida. Bunda issiq havo to‘lqinlari sovuq havo bilan almashib turadi. Harorat sovuq bo‘lganda yoqqan qor havo ilishi bilan erib ketgani sababli, barqaror qor qoplami hosil bo‘lmaydi. Deyarli har yili sovuq qishlardan tashqari harorat tushib ketadigan qisqa muddatlar kuzatiladi. Kechasi sovuq 10-13 daraja, ba'zan undan ham past bo‘lishi mumkin. Harorat 15-18 darajaga ko‘tariladigan davrlar ham bo‘ladi. Oxirgi kuzatuvlar davomida eng sovuq davrli qish 2007-2008-yilga to‘g‘ri kelganini ko‘rish mumkin. O‘shanda sovuq dekabrning oxiridan fevralning o‘rtasigacha davom etgan.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech