13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,2 °C

Madaniyat
25 Sentyabr  2019 983

Yaponiyada O‘zbekiston haqida kitob chop etiladi

Yaponiyaliklarning milliy taomlarimizga bo‘lgan ulkan qiziqishi bu haqda kitob nashr etish qaroriga turtki bo‘ldi.

Qator nashrlar muallifi yaponiyalik Morii Kana va fotograf Xiroko Xirotalar O‘zbekistonga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida mehmonlar ko‘pgina viloyatlarga borib, O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati bilan tanishdilar.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ko‘magida ularga mamlakatimizning har bir mintaqasining milliy taomlari, shuningdek, tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik san'ati taqdim etildi.

– O‘zbekistonning taomlari va shirinliklari turlicha va mazali, – deydi Morii Kana. – Shuni ta'kidlamoqchimanki, bu yerda ishlatiladigan har bir mahsulot inson salomatligini yaxshilashga qaratilgan. Milliy gastronomiyangiz nafaqat o‘zbek xalqining pazandaligini, balki O‘zbekistonning yuksak madaniyati, an'analari va qadimiy tarixini ham o‘zida aks ettiradi.

Yaponiyaliklarga O‘zbekiston bilan yanada yaqinroq tanishish imkonini beradigan kitob va fotogalereya taqdimoti kelasi yilning aprel oyida bo‘lib o‘tadi, deya ma'lumot beradi qo‘mita.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech