18 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,8 °C

Hukumat
9 Oktyabr  2019 579
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Kongress xoll va «Hilton» mehmonxonasi qurib bitkazildi

Tashkent City xalqaro biznes markazining ilk ob’ektlari ­– Kongress xoll va «Hilton» mehmonxonasi qurib bitkazildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-oktabr kuni ushbu inshootlarni kelib ko‘rdi.

Kongress xollning umumiy maydoni 43 ming kvadrat metr bo‘lib, unda yirik xalqaro anjumanlar, oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazish uchun barcha sharoit yaratilgan. Birinchi qavat markazida 3,5 ming ishtirokchiga mo‘ljallangan konferensiyalar zali bor. Zaruratga qarab, u ikki yoki to‘rtga bo‘linishi ham mumkin.

Xalqaro sammitlar vaqtida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish uchun xonalar, restoran, kichik konsert zali, dam olish joylari mehmonlarga keng qulaylik yaratadi. Ikkinchi qavatda qo‘shimcha zallar joylashgan. 

Davlatimiz rahbari Kongress xollning har bir zalini kirib ko‘rdi.

Besh yulduzli «Hilton» mehmonxonasi nafaqat ushbu markaz, balki butun poytaxtimizga ko‘rk bo‘ldi. 21 qavatli binoda 258 ta nomer mavjud. Shulardan 8 tasi davlat rahbarlari uchun mo‘ljallangan. Pardozlash va jihozlashda issiq ranglar ko‘p qo‘llanilgani kishiga xush kayfiyat bag‘ishlaydi. Barcha zamonaviy mehmonxonalarda bo‘lganidek, otelda bir nechta restoran, basseyn, sport zal, spa va boshqa salonlar bor. Xizmatlar turi ko‘p, sifati yuqori darajada.

Shavkat Mirziyoyev mehmonxonada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, hudud markazidagi xiyobonni ko‘zdan kechirdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech