18 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,8 °C

Mamlakatimizda
8 Oktyabr  2019 778

Lizing korxonasidan mashina olaman degan fuqaro kuta-kuta charchadi

Amudaryo tumani Mang‘it shahrida istiqomat qiluvchi B.Yu. Nukus shahrida joylashgan “Umidavtolizing” korxonasi bilan Kobalt avtomashinasini olish maqsadida shartnoma tuzganligi, ammo lizing korxonasi shartnoma shartlarini bajarmayotganligidan norozi bo‘lib O‘zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari  Federatsiyasiga murojaat  qilgan. Bu haqda Federatsiya matbuot xizmati xabar qiladi.  

Ma'lum bo‘lishicha, fuqaro mashina pulinining 50 foizi boshlang‘ich to‘lovi, ya'ni 56 mln 250 ming so‘m ham to‘lagan. Mazkur murojaat ro‘yxatga olinib, Nukus shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilgan. Natijada oldindan to‘langan avtomashina puli iste'molchiining hisob raqamiga o‘tkazilib berilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech