13 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,3 °C

IT-xabarlar
28 Avgust  2019 3434

Messenjer kriptovalyutaga o‘tadi

Telegram o‘z kriptovalyutasini ishga tushirish niyatini ma'lum qildi.

«New York Times» nashri ulkan ijtimoiy tarmoq kelgusi ikki oy ichida Gram valyutasining birinchi partiyalarini yuborishni rejalashtirayotgani yoritilgan materialni e'lon qildi. Shuningdek, Telegram butun dunyo bo‘ylab 300 million foydalanuvchisi uchun raqamli hamyonlarni yaratishni rejalashtirgan.

O‘z shaxsiy Libra tokenini ishlab chiqishi haqida ma'lum qilgan Facebook kabi, Telegram ham yangi onlayn-valyutani va dunyoning istalgan nuqtasiga pul o‘tkazish usulini e'lon qildi. 

Birinchi token tayyor bo‘lgunga qadar raqamli pul borasidagi rejalari haqida ochiq gapirgan Facebookdan farqli o‘laroq, Telegram maxfiylik siyosatiga amal qiladi, bu esa qator savollarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Muvofiqlashtiruvchi organlar esa Gram i Libra ning jinoiy maqsadlarda ishlatilishi mumkinligidan ko‘proq tashvishlanmoqda.

AQSh hukumati qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonunning buzilishini ro‘kach qilib, mayda kriptovalyuta loyihalarini yopish bo‘yicha choralar ko‘rgan.

Kiberxavfsizlik sohasi tadqiqotchilari ham bunday valyuta borasida tashvishda ekanini bildirdilar, chunki ishlab chiquvchilarning aytishicha, Telegram valyutaning harakatini nazorat qilmaydi, bu esa o‘z navbatida hukumat regulyatorlarini chetlab o‘tishga imkon beradi. Biroq bu loyihaga shubha bildirilayotganiga qaramay, ba'zi Amerika venchur kompaniyalari va Rossiya investorlari loyihani rivojlantirish uchun salkam 1,7 milliard dollar hissa qo‘shishgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech