07 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,5 °C

Transport
30 Noyabr  2019 374

Metro qurilayotganligi sabab bir qator avtobuslar yo‘nalishi vaqtincha o‘zgardi

Ayni kunda shahrimizning Sergeli va Qo‘yliq mavzelariga metroning yerusti  yo‘nalishini cho‘zish maqsadida davom etayotgan qurilish ishlari yo‘llarda yo‘lovchi va boshqa transport vositlari harakatida biroz noqulayliklarni yuzaga keltirmoqda.

Qurilish maydonlari yaqinidagi katta yo‘llarda harakatning cheklanishi avtobuslar yo‘nalishini o‘zgartirilishiga sabab bo‘lmoqda.

Jumladan, metropolitenning Qo‘yliq yo‘nalishida THAYdan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga harakatlanishda  yerosti o‘tish yo‘lagining barpo etilishi munosabati bilan ushbu hududdan o‘tuvchi 15,81,93,45-yo‘nalishlarning harakat chizmasi qurilish ishlari yakunlangunga qadar o‘zgartirildi, deb xabar qiladi “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati.

15,81,93- yo‘nalish avtobuslari to‘g‘ri yo‘nalishdagi harakatini THAYdan Bektemir yo‘li va H.Boyqaro ko‘chalari kesishmasi va ko‘prik orqali Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga tushib yo‘nalishini davom ettiradi.

45-yo‘nalish avtobuslari ham Qo‘yliqdan qaytishda THAYdan Bektemir yo‘li va H.Boyqaro ko‘chalari kesishmasi va ko‘prik orqali Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga tushib yo‘nalishini davom ettiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech