27 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -0,9 °C

Ijtimoiy hayot
13 Yanvar  2020 477

Mingga yaqiy harbiylarga yangi xonadonlar kaliti topshirildi

Poytaxtimizning Yashnabod tumanidagi “Olmos” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun bunyod etilgan ko‘p qavatli uy-joylarni o‘z egalariga tantanali topshirildi, deb xabar qiladi vazirlik matbuot xizmati.

Ushbu uylar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi qaroriga muvofiq, “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi tomonidan barpo etilgan.

Bayramona tadbirda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun jami 11 ta 7 qavatli 462 xonadondan iborat ko‘p qavatli uy-joylarning kalitlari tantanali ravishda topshirildi.

Ma'lumot o‘rinda aytish joizki, “Olmos” MFY hududida Mudofaa vazirligi xarbiy xizmatchilari uchun 2018-yilda jami 900 xonadondan iborat 31ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirilgan. Shuningdek, ushbu uylarning birinchi qavatidan 4 ta bolalar bog‘chasi va 1 ta oilaviy poliklinika ham o‘rin olgan.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida bayram shukuhi Sergeli tumani 8 qurilish hududida joylashagan yangi turarjoy majmuasiga ham ko‘chdi.

Bu yerda ham 11 ta 7 qavatli 438 xonadondan iborat ko‘rkam uylarning kalitlari harbiy xizmatchilarga tantanali topshirildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech