12 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,4 °C

Sport
2 Dekabr  2019 357

Minsk shahridagi jahon kubogida taekvondochilarimiz umumjamoa hisobida 2 o‘rinni egalladi

Joriy yilning 28-noyabr – 01-dekabr kunlari Belorussiyaning Minsk shahrida yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida Taekvondo (ITF) bo‘yicha VI Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston Taekvondo (ITF) Milliy assotsiasiyasi rahbari Laziz Xasanov boshchiligida 65 nafar sportchimiz yurtimiz sharafini munosib himoya qildi. Ushbu nufuzli musobaqada hakamlarimizdan U.Mukarramov, Z.Ergasheva, R.Tuychiyev, R.Ruziyeva ham ishtirok etdi.

Yakunda umumjamoa hisobida 2 o‘rinni egallagan terma jamoamiz bugun yurtimizga qaytib kelishadi.

Musobaqada vakillarimiz 15 ta oltin, 10 ta kumush, 15 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, jamoaviy sparingda 18-39 yoshlar 6 ta, 15-16 yoshlar 6ta, 11-13 yoshlar o‘rtasida 6 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech