06 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,4 °C

Xavfsizlik
18 Noyabr  2019 696

«Mont blanc» xususiy shifxonasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura tomonidan «Mont blanc» xususiy shifxonasida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng bemorlar o‘limi yuz berganligi holati yuzasidan ma'lumot berildi.

I. 01.08.2019-yilda Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida joylashgan «Mont Blanc» xususiy shifoxonasida fuqaro U. Baxranovga burun qiyshiqlarini to‘g‘irlash yuzasidan jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganidan so‘ng, bemorning sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli, 20.08.2019-yilda Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida joylashgan shifoxonaga yotqizilgan.

Biroq, unga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan U.Baxranov vafot etgan.

II. 15.08.2019-yilda Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi L.Apostolovaga «Mont Blanc» xususiy klinikasida tashqi burun deformatsiyasi va burun to‘sig‘i qiyshayishi to‘g‘irlash bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan hamda burun to‘sig‘i qiyshayishi to‘g‘irlangan.

Jarrohlik amaliyotidan so‘ng, bemor mustaqil nafas olishga o‘tkazilgan va unga antibakterial da'vo maqsadida «seftrakson» dori vositasi ichki qon tomiri orqali 1,0 ml. miqdorida yuborilgan.

Shundan so‘ng, bemorning ahvoli keskin og‘irlashgan va chuqurlashtirilgan tekshirishlar o‘tkazish maqsadida RShTYoIMga olib borilgan.

19.08.2019-yilda markaz shifokorlari tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, L.Apostolova shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

III. 24.08.2019-yilda  «Mont Blanc» xususiy klinikasida fuqaro G.Sharifovaga burun sohasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazish vaqtida unga yuborilgan narkoz noto‘g‘ri ta'sir qilishi natijasida ahvoli og‘irlashgan.

Natijada shu kunning o‘zida bemorning uning yaqin qarindoshlari tomonidan  «Akfa medline» xususiy shifoxonasiga (klinik o‘lim holatida) olib kelingan.

26.08.2019-yilda shifokorlar tomonidan tibbiy muolajalar ko‘rsatilganligiga qaramasdan, G.Sharifova shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Bosh prokuraturada o‘rganilib, 12.11.2019-yilda JKning 116-moddasi 4-qismi «a,b» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha Shayxontohur tuman prokuraturasida dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, uning borishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Bundan tashqari, tuman prokuraturasi tomonidan yuqoridagi kabi holatlarni kelgusida sodir etilishini oldini olish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vaziriligiga taqdimnoma kiritilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech