18 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,8 °C

Mamlakatimizda
6 Noyabr  2019 364

Nobel mukofoti sovrindori o‘zbekistonlik talabalarga taqdimot o‘tkazdi

Joriy yilning 4-noyabr kuni Isroil texnologiya institutining Materialshunoslik va muhandislik kafedrasi professori, kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Dan Shextman Toshkent kimyo texnologiya institutiga tashrif buyurdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati xabar qiladi.

Dan Shextman 2004-yildan beri Ayova universitetining Eyms laboratoriyasida faoliyat yuritmoqda. Isroillik fizik va kimyogar «kvazikristal»larni kashf yetgani bois 2011-yilda kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.

Taniqli olim Toshkent kimyo texnologiya institutning yosh mutaxassislari, bakalavr, magistrant va doktorantlari uchun «Demografiya, texnologik tadbirkorlik va O‘zbekistonning kelajagi» mavzusida taqdimot o‘tkazdi.

Taqdimot davomida Dan Shextman olimlar mamlakat iqtisodiyotiga o‘z hissasini qo‘shishi uchun «texnologik tadbirkorlik» bilan shug‘ullanishlari lozimligini qayd etdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech