20 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -1,8 °C

Xalqaro hamkorlik
25 Yanvar  2020 899

AQSh Davlat kotibining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi to‘g‘risida

2020-yilning 2-3-fevral kunlari AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi.

 

AQSh Davlat departamenti delegatsiyasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

O‘zbekiston TIVda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Tashqi siyosat idoralari rahbarlari 2018-yil may oyida Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi O‘zbekiston-AQSh sammiti doirasida erishilgan kelishuvlar bajarilishining boroshini muhokama qiladilar, dolzarb xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashadilar.

AQSh Davlat kotibi Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo – AQSh” (“C5+1”) shaklidagi vazirlar uchrashuvida ham ishtirok etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech