20 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,2 °C

Moliya
20 Avgust  2019 1350

Ichki valyuta bozoridagi joriy vaziyat va valyuta kursi dinamikasi to‘g‘risida

Markaziy bankning joriy yil 9-avgustidagi xabarida ichki valyuta bozoridagi vaziyatning o‘zgarishlari sabablari bayon etilgan.

So‘nggi kunlarda ichki banklararo valyuta bozori savdolarida valyuta kursining o‘zgaruvchanligi oshishi kuzatilmoqda. Xususan, 2019-yil 20-avgust kuni birja savdolarida so‘mning AQSh dollariga nisbatan ayirboshlash kursi 9384 so‘mni tashkil etdi.

Ayirboshlash kursi harakatlaridagi bunday o‘zgarishlar valyuta bozoridagi talab va taklifning joriy nisbatlarini hisobga olgan holda kursni barqarorlashtirish uchun banklararo savdo sessiyalarida mavjud kurs o‘zgarishlarining bekor qilinishiga sabab bo‘ladi.

Ilgari aytib o‘tilganidek, so‘nggi oylarda valyuta kursi dinamikasi quyidagi omillar ta'sirida shakllangan.

Birinchidan, jahon iqtisodiyotida xavf-xatarning kuchayishi va savdo mojarolarining keskinlashuvi AQSh, Xitoy, yevrohudud va boshqa mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish sur'atlarining sekinlashishiga olib keldi.

Shu bilan birga ko‘plab mamlakatlarning moliyaviy bozorlari ushbu o‘zgarishlarga jumladan, O‘zbekistonning savdo hamkorlari bo‘lgan asosiy davlatlar ham, milliy valyutalarning o‘zgaruvchanligi va qadrsizlanishi bilan javob beradi. Ulardagi milliy valyutalarning qadrsizlanish sur'ati inflyasiya darajasidan yuqori bo‘lib, bu so‘m kursining real ifodada mustahkamlanishiga olib keladi.

Ikkinchidan, iqtisodiyotdagi investitsiya va kredit faolligi ortib borishi bilan bog‘liq yuqorida qayd etilgan omillar shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozorlardagi eksportning «qimmatlashuvi» ko‘rinishidagi narx raqobatbardoshligining pasayishi va import jozibadorligining oshishiga olib keladi.

Buning natijasi o‘laroq so‘nggi paytlarda ichki valyuta bozorida talabning barqaror o‘sishi kuzatildi.

Jahon iqtisodiyotining rivojlanishi tendensiyasi sharoitida Markaziy bank tashqi omillarning valyuta kursini shakllantirishga ta'sirini kuchaytirishi ehtimolini ham inkor etmaydi.

Bunda Markaziy bank ichki valyuta bozoridagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib boradi va tashqi shoklarning ta'sirini yumshatish hamda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar balansini ta'minlash uchun bozor mexanizmlaridan foydalanishda davom etadi.

Xususan, Moliya vazirligi bilan birgalikda inflyasiya hamda valyuta kursiga qo‘shimcha bosim o‘tkazishga olib keluvchi kredit va fiksal ekspansiyani ushlab turish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan harakatlar qo‘llaniladi.

Valyuta bozorini yanada liberallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida joriy yilning 20-avgustidan boshlab tijorat banklari tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali naqd pulda chet el valyutasini sotish boshlandi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech