12 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,4 °C

Sport
4 Dekabr  2019 324

Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimidagi mamlakatlar paradida o‘zgarish

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Olimpiadalarning ochilish marosimidagi mamlakatlar paradiga o‘zgartirish kiritdi, deb xabar qiladi MOQ matbuot xizmati.

Avvallari, ochilish marosimida dastlab Olimpiya o‘yinlarining asoschilari gretsiyaliklar stadionga chiqib kelishar, parad yakunida esa musobaqa mezbonlari ko‘rinish berar edi.

XOQning kecha tasdiqlagan qaroriga ko‘ra, dastlab Gretsiya, so‘ng Rio-2016dan boshlab ishtirok etayotgan qochoqlar terma jamoasi paradni boshlab beradi. Shuningdek, yakunda mezbon jamoadan avval kelgusi Olimpiya o‘yinlarining mezbonlari chiqib kelishi tasdiqlandi.

Demak, Tokio Olimpiadasining ochilish marosimida mamlakatlar paradini AQSh (2028-yilgi Olimpiada mezboni), Fransiya (2024-yilgi Olimpiada mezboni) va Yaponiya delegatsiyalari yakunlab beradi. Qolgan mamlakat vakillari esa Olimpiada uchun tanlab olingan asosiy til alifbosiga qarab chiqib kelishadi. Ta'kidlash joiz, mazkur qoida ham yozgi, ham qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimiga taalluqli.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech