06 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,7 °C

Sanoat
18 Noyabr  2019 474

“Olmaliq KMK” AJning yosh mutaxassislari Koreya tajribasini o‘rganadi

“Olmaliq KMK” AJning O‘zbek-Koreys ilmiy-texnologik markazi va Yangi texnologiyalar markaziy laboratoriyasi xodimlari Koreyaning KIRAM institutida qisqa muddatli – 21 kun davom etadigan stajirovkani o‘tab kelishadi, deb xabar qiladi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.

Stajirovkaga ketayotgan yosh mutaxassislarning 10 nafari Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ketayotgan bo‘lsa, o‘n nafari esa KIRAM instituti hisobidan o‘z malakalarini oshirib qaytadi. Qisqa muddatli stajirovka davomida yosh tadqiqotchilar nodir metallar uchun mo‘ljallangan o‘lchov va ishlab chiqarish uskunalari bilan tanishadi hamda Koreyaning metallurgiya sohasidagi yetakchi kompaniyalari faoliyatini o‘rganadilar.

KIRAM institutining taklifiga ko‘ra, O‘zbek-Koreys ilmiy-texnologik markazi rahbari Amir Obidov ham Koreyaga tashrif buyurib, markazni uskunalar bilan jihozlashning ikkinchi bosqichi haqida muzokaralar olib boradi.

2019-yil aprel oyida “Olmaliq KMK” AJ tarkibida tashkil etilgan O‘zbek-Koreys ilmiy-texnologik markaziga o‘tgan vaqt mobaynida nodir metallarni olish bo‘yicha noyob uskunalar o‘rnatildi va markaz qoshida tajriba sexi ham tashkil etildi. Ayni kunlarda markazga Koreyadan mutaxassislar, muhandislar tashrif buyurib, markaz xodimlariga uskunalar bilan ishlashni o‘rgatishmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech