06 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,2 °C

Mamlakatimizda
3 Dekabr  2019 997

O‘zAning asosiy vazifalari belgilandi

“O‘zbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori (02.12.2019 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA)ning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Jumladan, yurtimizning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid rasmiy ma'lumotlarni izlash, olish, qayta ishlash hamda axborot, axborot-tahliliy, tahliliy-tanqidiy materiallar tayyorlash va tarqatish O‘zAning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Qarorga muvofiq, O‘zA tarkibida Media markaz tashkil etildi.

Media markazning asosiy vazifalaridan biri axborot-tahliliy va multimedia materiallar, eshittirish va ko‘rsatuvlar tayyorlash, ularni O‘zAning veb-saytiga joylashtirish va ommaviy axborot vositalariga belgilangan tartibda yetkazib berishdan iborat.

Shuningdek, O‘zA huzurida uning faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda davlat organlari va nodavlat tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni o‘rnatish bo‘yicha Maslahat kengashi tuzildi, uning asosiy vazifalari belgilandi.

Qarorga ko‘ra, 2020-yil 1-mayga qadar foydalanuvchilar uchun qulay, audio va video axborotlarni tarqatish, tarqatilayotgan axborotlarni tijorat yo‘li bilan yuklab olish imkoniyatlari mavjud bo‘lgan O‘zAning axborot portali ishga tushiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech