13 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7 °C

Transport
2 Dekabr  2019 335

“O‘zavtosanoat” AJ ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga munosabat bildirdi

“O‘zavtosanoat” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi Telegram kanallaridan birida e'lon qilingan xabar bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qiladi.

“UzAuto Motors avtomobillarini jismoniy shaxslarga yetkazib berish shartnomasi”ga 2.5- bandi Respublika yo‘l jamg‘armasiga 3 foizlik yig‘im to‘lanishining yangi tartibiga o‘tilishi doirasida, joriy yil sentyabr oyi oxirida qo‘shilganligini ma'lum qiladi.

O‘tish borasidagi barcha masalalar hal qilingan va hozirgi kunda, xaridorlar tomonidan 2019-yil 1-oktabrgacha tuzilgan yangi avtotransport vositalarining oldi-sotdisi (yetkazib berilishi) shartnomasi bo‘yicha hamda ushbu shartnomalar asosida sotib olingan yangi avtotransport vositalari uchun yig‘imni to‘lash tartibi oldingidek qoladi – yig‘im DYHXX organlarida to‘lanadi. 

Shu munosabat bilan, yangi narxlarda to‘lash haqidagi 2.5- band endi ahamiyatini yo‘qotdi va 1-dekabrdan avtomobil sotib olish borasida tuziladigan barcha shartnomalardan butunlay chiqarib tashlanadi. 

Shuni ma'lum qilamizki, 1-oktabrdan 1-dekabrga qadar 2.5- bandi mavjud shartnomani imzolagan xaridorlar tegishli dilerlik markaziga borib, ushbu bandni istisno qiluvchi qo‘shimcha kelishuv tuzishlari mumkin. Qayd etish o‘rinliki, sotib olinayotgan avtomobil narxi o‘zgarganida (qo‘shimcha kelishuv mavjud yoki yo‘qligidan qat'iy nazar), bu band qo‘llanilmaydi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech