26 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -1,2 °C

Xalqaro munosabatlar
28 Yanvar  2019 2182

O‘zbekiston delegatsiyasi jahon ta’lim forumida ishtirok etdi

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi London (Buyuk Britaniya)da bo‘lib o‘tgan jahon ta’lim forumida ishtirok etdi. Unda 100 dan ziyod davlatlarning ta’lim vazirlari va rasmiylari qatnashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Sherzod Shermatov Forum doirasida Buyuk Britaniyaning Maktab standartlari bo‘yicha davlat vaziri, mamlakat Parlamentining a’zosi Nik Gibb bilan uchrashdi va mamlakatimiz ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, yurtimizda ingliz tilini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha masalalarni muhokama qilishdi.

Nik Gibb O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish va o‘qituvchilarni malakasini oshirishda ko‘mak berishga tayyorligini hamda bu borada Britaniya Kengashi bilan olib borilayotgan ishlarni to‘liq quvvatlashini ta’kidladi.

Shuningdek, Xalq ta’limi vaziri Buyuk Britaniyaning ta’lim bo‘yicha davlat kotibi va parlament a’zosi Damian Xinds, sobiq ta’lim vaziri va Britaniya Kengashining ingliz tili bo‘yicha bosh maslahatchisi Charlz Klark, Buyuk Britaniya xalqaro savdo vazirligi va Britaniya Kengashi vakillari bilan ham uchrashib, O‘zbekistonda ingliz tilini o‘rgatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik muhimligini muhokama qildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari shu bilan birga Cambridge Assessment International Education, Bridge International Academies, Education First (Shvedsiya) va boshqa tashkilotlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar.

Xorijiy kompaniya vakillari O‘zbekiston bilan ingliz tilini o‘qitish, ingliz tili o‘qituvchilari bilimini tekshirish, dars jarayonini onlayn nazorat platformasini, mutaxassislarni ingliz tiliga onlayn o‘qitish tizimini joriy etish hamda boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish niyatini bildirdilar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech