20 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,2 °C

Xalqaro munosabatlar
14 Oktyabr  2019 636
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Kavkaz musulmonlari idorasi raisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-oktabr kuni Boku shahrida Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi. 

Uchrashuvda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlash, konfessiyalararo muloqotni kengaytirish, ta'lim va yoshlarning ma'naviy tarbiyasi masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari bu boradagi xalqaro hamkorlik darajasi tobora yuksalib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. 

Birgalikdagi sa'y-harakatlar zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi samarali kurashish, muqaddas islom dinining sof qadriyatlari va chinakam insonparvarlik maqsadlarini xalqaro hamjamiyatga yetkazishga xizmat qilishi ta'kidlandi.

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, o‘z navbatida, O‘zbekiston Prezidentining islom olamining boy merosini o‘rganish va asrab-avaylash bo‘yicha tashabbuslarini va bu borada qabul qilinayotgan choralar samarali ekanini qayd etdi. 

Ollohshukur Poshshozoda mamlakatlarimiz va butun mintaqada tinchlik, totuvlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta'minlash yo‘lida faol muloqot va hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech