13 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5 °C

Xalqaro munosabatlar
23 Yanvar  2019 1698

O‘zbekistonda Buyuk Britaniyaning “Royal” maktabi filiali ochiladi

Toshkent shahar hokimligida Buyuk Britaniyaning MBU Capital va Acumen Education kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.

Uchrashuvda TEFL akademiyasining onlayn platformasi yordamida o‘qituvchilarni malakaviy o‘qitish hamda O‘zbekistonda Buyuk Britaniyaning “Royal” maktabi filialini ochish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralarga ko‘ra, istiqbolda poytaxtda 3 ta, viloyatlarda 12 ta xususiy maktablar tarmog‘ini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

Uchrashuv yakunida, Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Britaniya ishbilarmon doiralar vakillari o‘rtasida hamkorlik haqida kelishib olindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech