18 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -2,8 °C

Mamlakatimizda
16 Yanvar  2020 313

O‘zbekistonda haqoratni dekriminalizatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi e'lon qilindi

O‘zbekistonda tuhmat uchun jazoni yengilashtirish va haqoratni jinoiy javobgarlikdan ma'muriy javobgarlikka o‘tkazish to‘g‘risida qonun loyihasi ishlab chiqilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan taklif qilingan hujjat muhokama uchun qonun loyihalari portalida e'lon qilingan.

Qonun loyihasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ishlab chiqilgan. Unga muvofiq Jinoyat kodeksidan tuhmat uchun bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish sanksiyasi olib tashlanadi.

Tuhmat (139-modda), jumladan internetdagi, bazaviy hisoblash miqdorining 200 dan 400 baravari miqdoridagi jarima yoki 300 dan 360 soatgacha majburiy jamoat ishi bilan jazolanadi. Og‘ir oqibatlarga olib keluvchi tuhmat xavfli retsidivist tomonidan yoki g‘arazgo‘ylik va boshqa past niyatlarda sodir etilsa, BHMning 400 dan 500 baravari miqdoridagi jarima yoki 300 dan 360 soatgacha majburiy jamoat ishi jazosi nazarda tutilgan. 

Qonun loyihasiga muvofiq haqorat (140-modda) shuningdek, tarmoqlardagi, dekriminalizatsiya qilinadi va Jinoyat kodeksidan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘tkaziladi. Bunday huquqbuzarlik uchun BHMning 400 dan 600 baravari miqdoridagi jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha ahloq tuzatish ishlari ko‘zda tutilgan. Avval haqorat uchun bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish belgilangan edi.

«Tuhmat» va «Haqorat» moddalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan eng shov-shuvli jinoiy ish suratkash Umida Ahmedovaning ishi bo‘lgandi. 2010-yilda u etnografik fotoalbom hamda “Erkaklar va ayollar: rasm-rusum va marosimlarda” va “Bokiralik yuki” hujjatli filmlari uchun ayblangandi. Bu asarlar, prokuraturaning fikricha, o‘zbek xalqiga tuhmat qiladi va uning qadr-qimmatini haqoratlaydi. Ahmedova aybdor deb topilgan, biroq unga nisbatan amnistiya to‘g‘risidagi farmon qo‘llanilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech