18 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,8 °C

Mamlakatimizda
5 Noyabr  2019 324

O‘zbekistonlik rektor Yaponiyada faxriy unvoni bilan taqdirlandi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti rektori Avaz Marahimov Yaponiyaning OTMning faxriy unvoni bilan taqdirlandi, deb xabar qiladi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi.

O‘zMU rektori boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyaga tashrifi doirasida Soka universiteti bilan besh yilga mo‘ljallangan hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra ikki davlat universitetlari o‘zaro professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini amalga oshiradi, ilmiy izlanishlarni birgalikda olib boradi.

Bundan tashqari Termiz va Axsikentda yaponiyalik hamkorlar bilan birgalikda arxeologik va etnografik ilmiy ekspeditsiyalarni tashkil etishga  ham kelishildi.

Tashrif doirasida Soka Gakkay Interneshnl Prezidenti Daysaku Ikeda O‘zMUning “Faxriy doktori” unvoni bilan taqdirlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech