13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,1 °C

Madaniyat
12 Sentyabr  2019 1104

“O‘zbekkino” milliy agentligiga yangi direktor tayinlandi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Firdavs Abduxoliqov “O‘zbekkino” Milliy agentliggining direktori etib tayinlandi, deb xabar beradi agentlik matbuot xizmati.

Firdavs Abduxoliqov ayni paytga qadar bir qator hujjali filmlarga prodyuserlik qilgan. Uning rahbarligida O‘zEOAVMA tomonidan Rossiya telekanallari bilan hamkorlikda “O‘zbekiston – qumliklar javohiri”, “Qoraqalpog‘iston vaqt qumliklari oralab”, “O‘zbekiston. Qo‘lga kiritilgan kashfiyotlar”,  “Nukus. Noma'lum kolleksiya” singari hujjatli filmlar suratga olingan.

Firdavs Abduxoliqov shuningdek, 2018-yilda Sankt-Peterburgda “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” loyihasi  doirasida o‘tkazilgan II Xalqaro kongressda 300 dan ortiq jahon olimlari tashabbusi bilan tuzilgan O‘zbekiston madaniy merosini asrash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining  raisi hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech