18 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,6 °C

Hukumat
30 Avgust  2019 3180
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

«Navro‘z» bog‘ida milliy qadriyatlarimiz namoyon bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-avgust kuni Toshkent shahridagi “Navro‘z” bog‘iga tashrif buyurdi. 

Ushbu loyiha bo‘yicha 2017-yil 7-avgustda davlatimiz rahbarining qarori qabul qilingan, unga muvofiq “Navro‘z bog‘i” mas’uliyati cheklangan jamiyat tuzilib, zarur moliyaviy va tashkiliy ishlar belgilangan edi.  

Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili fevralda bu yerga kelib, bog‘ning mazmun-mohiyatini boyitish bo‘yicha tavsiyalar bergandi. 

Shu asosda bunyod etilgan ushbu dam olish maskanida xalqimiz madaniyati, milliy qadriyatlari chuqur ifodasini topgan. 2,5 gektar maydon etnografik shaharchaga aylantirilgan. Qoraqalpog‘iston va barcha viloyatlar nomlari bilan ataladigan ko‘chalar va qadimiy uslubda uylar bunyod etilib, har bir hududning o‘ziga xos an’analari, hunarmandchiligi, turmush tarzi aks ettirilgan. 

Paxsa devorli hovlilar, ayvonlar, choyxona va ustaxonalar timsolida qadimiy mahallalarimiz qayta tiklangan. Bu yoshlarning xalqimiz tarixi va milliy madaniyatimiz haqidagi bilimlarini boyitib, vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytiradi, xorijlik sayyohlar uchun diqqatga sazovor maskan bo‘ladi. 

- O‘zlikni anglash nuqtai nazaridan bu joyning ahamiyati katta. Bu yerda milliy qadriyatlarimiz, tariximiz yaqqol ko‘rinadi. O‘z tarixini chuqur bilgan xalq g‘ururli, qudratli, badavlat bo‘ladi, - dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari bu bog‘ faqat Navro‘z kunlari emas, yil davomida gavjum bo‘lishi, bu yerga kelganlar madaniy hordiq bilan birga ma’naviy ozuqa ham olishi kerakligini ta’kidladi. 

Ushbu o‘ziga xos shaharcha markazida Navro‘z bayrami tantanalarini o‘tkazishga mo‘ljallangan amfiteatr barpo etilgan. Bog‘ oxiridagi anhor ustida 88 metrlik ko‘prik qurilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech