18 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,4 °C

Xalqaro munosabatlar
16 Yanvar  2020 404

Yevropa va Osiyo mamlakatlari iste’molchilarining birinchi forumi

Poytaxtimizda ikki qit’a iste’molchilarining nufuzli forumi boshlandi.

Tadbirda qariyb 30 mamlakat (Buyuk Britaniya, Rossiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya va boshqalar)dan 250 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Asosiy maqsad (xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va yetakchi mutaxassislar ishtirokida) sohadagi dolzarb masalalarni, yangi prinsiplarni va elektron tijorat va turizm sohasidagi iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish masalalarini muhokama qilish, globallashuv sharoitlarida mazkur sohadagi xalqaro hamkorlik istiqbollarini aniqlash va tajriba almashish.

Shunday qilib, xalqaro ekspertlar tomonidan forum dasturiga nafaqat mamlakatimizda, balki butun mintaqada dolzarb bo‘lgan mavzular kiritildi.

O‘zbekistonda kuchli fuqarolik jamiyati qurish Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Islohotlarning tarkibiy qismi sifatida iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish borasida yangi tashabbus va g‘oyalar ilgari surilib, qonunchilikni takomillashtirish borasida faol ishlar amalga oshirilmoqda.

2018 yilda O‘zbekiston Xalqaro iste’molchilar tashkilotiga a’zo bo‘lib, ushbu tuzilma doirasidagi me’yorlar to‘la-to‘kis bajarib kelinmoqda.

Yevropa va Osiyo iste’molchilar forumi 16-17-yanvar kunlari Samarqand shahrida o‘z ishini davom ettiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech