20 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,5 °C

Voqea-hodisalar
20 Yanvar  2020 3735

Oldin alanga, keyin kuchli do‘l, qum bo‘roni va sel...

O‘rmonlari yonayotgan Avstraliyaga kutilmaganda kuchli do‘l yog‘di, keyin qum bo‘roni yopirilib, ketidan sel keldi.

Portal pv.uz /Pravda Vostoka. 20-yanvar. Avstraliya poytaxtiga yog‘ilgan golf koptogi kattaligidagi do‘llar avtomashinalarni pachoqlab, oynalarni sindirgan. Kanberra yaqinidagi aholi punktlarida 1 000 dan ziyod uylar elektr energiyasiz qoldi.

Kuchli jala quyishi va salqin shabada Yangi Janubiy Uelsning mislsiz katta o‘rmonlaridagi yong‘in bilan kurashayotgan o‘t o‘chiruvchilarning ishini bir muncha yengillashtirdi ham. Ijtimoiy tarmoqlarda quvonganidan yomg‘ir ostida raqs tushayotgan shtat aholisining suratlari paydo bo‘lgan.

Lekin jala o‘zi bilan boshqa muammoni — selni boshlab keldi.

O‘t o‘chiruvchilar o‘zlari uchun qulay fursatdan foydalanib qolishga oshiqmoqda. O‘tgan yakshanbada ko‘pgina joylarda yong‘inlar o‘chog‘ini nazoratga olishga erishildi — Yangi Janubiy Uelsda favqulodda holat tartibi bekor qilindi. Lekin hali 70 taga yaqin yong‘in o‘choqlari nazoratga olinmagan.

Meteorologlar esa hafta davomida issiq shamol qaytishi haqida ogohlantirmoqda. Hukumat aholini sergaklikka va xafsizlik choralarini ko‘rib qo‘yishga chaqiryapti.

Yangi Janubiy Uelsning ba'zi tumanlari olov bilan olishib, seldan jabr ko‘rib turgan bir paytda Orana hududi markazi Dabbo shahriga qum bo‘roni yopirilgan. Shamol tezligi soatiga 107 kilometrni tashkil etib, qum va chang juda yuqoriga ko‘tarilgan. Qum bo‘ronlari shuningdek, Broken-Xill, Ningan va Parkes shaharlariga ham yopirilgan, deb xabar beradi Euronews.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech