26 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -1,2 °C

Xalqaro munosabatlar
8 Fevral  2019 2151

KShHB bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi raundi Bryusselda bo‘ladi

2019-yilning 4-7-fevral kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (KShHB) bo‘yicha muzokaralarning birinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги хабар бермоқда.

Tomonlarning nufuzli delegatsiyalariga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov va Yevropa tashqi faoliyat xizmatining boshqaruvchi direktori o‘rinbosari Luk Devin boshchilik qildi.

Bitim loyihasi tuzilmasi bo‘yicha bir xil tushunchaga kelindi va uchta guruhga bo‘linib, hujjat loyihasining barcha bo‘limlari batafsil va konstruktiv ravishda muhokama qilindi va mumkin bo‘lgan o‘zaro maqbul qoidalar belgilandi.

O‘zaro kelishuvga ko‘ra, Bitim loyihasining savdo qismi bo‘yicha ekspertlar uchrashuvlari O‘zbekistonning tegishli vazirliklari vakillari ishtirokida haftaning oxiriga qadar davom etadi.

KShHB bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi raundini Brussel shahrida o‘tkazishga kelishib olindi.

Yevropa delegatsiyasining Toshkent shahrida bo‘lishi chog‘ida “Bosh preferensiyalar tizimi plus” (“BPT+”) maqomini olishga O‘zbekiston talabnomasini tayyorlash bo‘yicha maslahatlashuvlar, “BPT+” maqomoni olishning ustunliklari bilan tanishtirish maqsadida mamlakatimiz ishbilarmon doiralari vakillari uchun brifing ham bo‘lib o‘tdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech