12 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8 °C

Xavfsizlik
4 Dekabr  2019 340

Qibraydagi bog‘chada 180,4 mln. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari talon-toroj qilindi

Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan Qibray tumani 25-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda Qibray tumani 25-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida 180,4 mln. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlandi, deb xabar qiladi bosh prokuratura matbuot xizmati.

Xususan, muassasa omboridagi maxsulotlar sanoqdan o‘tkazilganda, 33 xil turdagi 21,6 mln. so‘mlik oziq-ovqat mahsuotlari kamomadi borligi aniqlangan.

Bundan tashqari, 2018-2019-yillar davomida 4,1 tonna 134,7 mln. so‘mlik go‘sht hamda 7,9 ming litr 24 mln. so‘mlik sut mahsulotlari tashkilot tarbiyalanuvchilarga berilmasdan o‘zlashtirib yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan 19.11.2019-yilda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tumani bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov natijasi xaqida qo‘shimcha xabar beriladi.

(Toshkent viloyati MTB boshlig‘ining 27.11.2019-yildagi buyrug‘iga asosan Qibray tumanidagi 25-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi mudirasi Z.S. egallab turgan lavozimdan ozod etilgan).

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech