05 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,2 °C

Energetika
3 Dekabr  2019 345

Qoraqalpog‘istonda 155 mln. so‘mlik noqonuniy ishlatilgan elektr energiyasi qayta hisoblandi

Noyabr oyida “O‘zenergoinspeksiya”ning Qoraqalpog‘iston bo‘limi va Majburiy ijro byurosi bilan birgalikda o‘tkazilgan tadbirlar davomida iste'molchilarning elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari va elektr energiyasidan foydalanish qoidabuzarliklari aniqlandi, deb xabar qiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati. 

O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida iste'molchilar tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda va ushbu holatlar bo‘yicha qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan iste'molchilarga nisbatan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan elektr energiyasidan foydalanish qoidalari talablariga asosan yetkazilgan zarar bo‘yicha hisobga olinmagan elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilinayotir.

Jumladan, To‘rtko‘l tumani “To‘rtko‘l quruvchi ta'mir ideal“ MChJga tegishli g‘isht mahsulotlarini ishlab chiqarish sexida 83,2 million so‘m, “Bodanli Acman” fermer xo‘jaligida 13,8 million so‘m va Amudaryo tumani “Jumurtau Nerudnik“ MChJga tegishli tosh maydalash sexida elektr energiyadan foydalanish bo‘yicha 58 million so‘m qayta hisob-kitob qilingan. 

Achinarlisi, bunday noqonuniy holatlarni ayrim iste'molchilar bilib turib qilganidir.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech