20 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,5 °C

Transport
21 Sentyabr  2019 567

Ravon avtomobillarining Rossiyadagi sotuvi boshlanmoqda

Bugun Ravon avtomobillarining Rossiyadagi sotuvi boshlanishiga bag‘ishlangan konferensiya, bo‘lib o‘tdi. Ravon Rossiya bozoriga hammabop, yaxshi tanilgan uchta model bilan qaytmoqda – bular «RAVON R4», «RAVON R2» i «RAVON Nexia R3» avtomobillaridir. Shuningdek, konferensiya ishtirokchilari «Ravon Racing» poyga jamoasi vakillari va ularning avtomobillari bilan shaxsan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu haqda “O‘zavtosanoat” AJ matbuot xizmati xabar qiladi.

 

Mashinalar sotuvi shu oyning o‘zida rasmiy dilerlik markazlarida qayta tiklanadi, dilerlik tarmog‘i esa, ancha kengaytiriladi. RAVON GROUPning Rossiya bozoridagi vazifasi – kuchli, barcha sifat standartlariga muvofiq keluvchi dilerlik tarmog‘ini tuzishdir. Bundan tashqari, kompaniyaning uzoq muddatli rejalarida savdo markasining modellar qatorini ham kengaytirish ko‘zda tutilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech